29 avg 08:51
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Yoqutxon Xolbekova ham qishki, ham yozgi Paralimpiya o'yinlarida qatnashgan sportchi sifatida tarixga kirdi
Tokio shahrida yozgi Paralimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Para engil atletikaning uzunlikka sakrash (T12 yo'nalishida) bo'yicha final bahslari nihoyasiga etdi. Ushbu bahslarda hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova ham ishtirok etdi.
Final bellashuvlari yakuniga ko'ra, hamyurtimiz 5.32 metr natija bilan 4-o'rinni egalladi. Afsuski, bronza medali uchun hamyurtimizga bor-yo'g'i 1 santimetr etishmadi. Uchinchi o'rinni egallagan jazoirlik Linda Xamri 5.33 metr natija qayd etdi.
Bugungi ishtirok orqali Yoqutxon Xolbekova ham yozgi, ham qishki Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan birinchi sportchimiz sifatida tarixga kirdi. U Pyongchangda o'tkazilgan qishki Paralimpiya o'yinlarida tog' chang'isi bahslarida ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar