So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

28 iyu 10:46
Yangiliklar

Boshqalar

Yosh badmintonchilarimiz Xitoyga jo'nab ketishdi

Teglar :  Badminton
Joriy yilning 29 iyul – 4 avgust kunlari Xitoyning CHendu shahrida yoshlar o'rtasida badminton bo'yicha Xalqaro o'rtoqlik turniri bo'lib o'tadi.

Xitoy Xalq Respublikasi Milliy badminton federaciyasi va “Sun CHin Lin” fondi tomonidan tashkil etilgan turnirda o'zbekistonlik 12 nafar yosh badmintonchilar ham ishtirok etishadi.

Kecha tunda vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.

13 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan xalqaro turnirda yoshlarimiz jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan kuch sinashishadi.

Delegaciyamiz Xitoyga tashrifi davomida musobaqada ishtirok etish bilan birgalikda o'zaro tajriba almashish uchun bir qator o'quv-mashg'ulot seminarlarida ham ishtirok etishadi.

Jahonda ommaviyligi bo'yicha futboldan keyingi o'rinni egallagan badminton sportini yurtimizda ommalashtirish va rivojlantirish uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va bir qator viloyat markazlarida yangi zamonaviy badminton markazlari foydalanishga topshirildi.

Xitoyda badminton barcha yosh toifasidagi insonlar o'rtasida keng ommalashib milliy sport turi darajasi etgan. Ushbu sport turi bo'yicha nufuzli musobaqalarda eng yaxshi natijalarni xitoylik sportchilar qayd etib kelishayotgani bejiz emas. Aynan shu sababli yurtimizda badminton sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasini o'rganish bo'yicha hamkorlik qilinmoqda.

Ushbu musobaqaga taklif etilgan sportchilarimizning barcha xarajatlari (aviabiletlardan tashqari) tashkilotlar tomonidan beg'araz qoplab berilayotganligini ham qayd etib o'tish lozim.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing