03 jan 10:41
Yangiliklar
Yosh grossmeysterimiz Angliyadagi turnirda peshqadamlik qilyapti
Hastings International Chess Congress festivalining eng asosiy turnirida 24 davlatdan 84 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2500) ham bor. Masters turniri shveycarcha tizimda 9 partiyadan iborat bo'ladi.
Etiborlisi, samarqandlik xalqaro grossmeyster 6-turdan
so'ng turnir jadvalida 5 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Vohidov 6ta uchrashuvdan
4tasida g'alaba qozonib, ikki partiyada durang natija qayd etdi.
Kecha o'tkazilgan 6-turda Jahongir qora donalarda
o'ynab, xitoylik Yiping Lou (2462) bilan murosaga keldi. Hamyurtimiz turnirda
to'rtinchi raqam ostida tasniflangan. Uning hisobida 5 ochko bor. Aynan shuncha
ochkoga angliyalik grossmeyster Daniel Gormalli (2477) ham ega bo'lib turibdi.
Etiborlisi, bugun har ikki grossmeyster birinchi doskada o'zaro to'qnash kelishadi. G'olib shaxmatchi yakunda chempion bo'lish imkoniyatini oshirib oladi.
Fikrlar