09 dek 22:08
Yangiliklar
Yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov Ispaniyadagi xalqaro turnir g'olibiga aylandi
Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan 150 nafar mahoratli shaxmatchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ishtirokchilar orasida eng yuqori reytingga ega bo'lgan hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi va 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan holda 1-o'rinni egalladi.
6-turdan keyin Nodirbek peshqadamlardan yarim ochkoga ortda qolayotgandi. Ammo, 7-8-turlar hamyurtimiz uchun omadli keldi. Avvaliga u qora donalarda niderlandiyalik Tomas Berdsen ustidan g'alabaga erishgan bo'lsa, 8-turda oq donalar bilan ozarbayjonlik Eltaj Safarlini mag'lub etdi. Nihoyat so'nggi turda ispaniyalik Santos Latasa bilan during o'ynadi va xalqaro turnirni 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.
Biz ushbu ajoyib g'alaba bilan yosh shaxmatchimizni tabriklaymiz!
Fikrlar