13 dek 22:23
Yangiliklar
Boshqalar
Yosh jiu-jitsuchilarimiz Rossiyadagi musobaqada 4 ta medal qo'lga kiritishdi
SHu kunlarda Rossiya Federaciyasi Sankt-Peterburg shahrida jiu-jitsu bo'yicha ACBJJ WORLD OPEN CHAMPIONSHIP - 2023 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bahslarda Toshkent shahar jiu-jitsu terma jamoasi hamda "Kaizen" akademiyasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishmoqda.
Quvonarlisi, bahslarda qatnashayotgan vakillarimiz bugun 2 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Damir Ahmadulin (+45 kg) Gi va NoGi yo'nalishlarida oltin medalga sazovor bo'ldi. Nigita Tyan (-40 kg) va Abdurahmon Navro'zov (-30 kg) Gi yo'nalishlarida bronza medallariga ega bo'lishdi. Vakillarimiz turnirda murabbiy Sirojbek Rustamov boshchiligida ishtirok etishdi.
Musobaqada 20 ga yaqin mamlakat sportchilari ishtirok etmoqdalar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar