14 jan 18:29
Yangiliklar
Yosh shaxmatchilar “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida dona surishdi
Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligiga bag'ishlab shaxmat bo'yicha SO'EAIBO'SM ochiq birinchiligi o'tkazildi.
“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida uyushtirilgan musobaqada 27 nafar yosh “aql gimnastikasi” sohibi dona surdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida 6 ochko jamg'argan Safarmurod Ollaberganov g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bunyod Aminboev ham shuncha ochko to'plagan bo'lib, u qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobiga ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Faxrli uchinchi o'rinni 5,5 ochko bilan Javohir Ortiqov egalladi.
Qizlar orasida g'olib va sovrindorlar quyidagicha joylashishdi: 1-o'rin. Dilnoza Nurulloeva (5 ochko). 2-o'rin. Guli Ibodullaeva (4 ochko). 3-o'rin. Mohinur Zaripova (4 ochko).
G'olib va sovrindor bo'lgan shaxmatchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahri
Fikrlar