23 iyu 09:14
Yangiliklar
SHaxmat
Yosh shaxmatchilarimiz G'arbiy Osiyo chempionatida 23 ta medal qo'lga kiritishdi, shundan 10 tasi oltin!
Maldiv davlatining Ukulxas orolida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempionati bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, ushbu musobaqada yurtimiz yosh aql-idrok sohiblari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Yoshlar o'rtasidagi G'arbiy Osiyo chempionati yakuniga ko'ra, jamoamiz 6ta yosh toifasida jami 23 ta medalga sazovor bo'lishdi. Quvonarlisi, ana shu medallarning 10 tasi oltin bo'ldi. Sportchilarimiz 8 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ham ega chiqishdi. Ushbu natija orqali shaxmatchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.
Birinchi o'rinni Hindiston vakillari band etishdi. Qozog'iston esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar