26 okt 16:26
Yangiliklar
SHaxmat
Yosh shaxmatchilarimiz JCH saralash turnirida ishtirok etishmoqda
SHu kunlarda Latviyaning Riga shahrida 2021-2023 yilgi shaxmat bo'yicha Jahon chempionati saralash bosqichining bir qismi bo'lgan "Grand Swiss Tournament" turniri bo'lib o'tmoqda.
25 oktyabrdan boshlangan ushbu musobaqa 8 noyabrga qadar davom etadi.
Turnir butun dunyo bo'ylab 114 nafar eng kuchli shaxmatchilar o'rtasida shveycarcha tizimda 11 turda o'tkaziladi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi esa 425 000 AQSH dollaridan iborat.
Jahon chempionatiga saralash turnirida O'zbekiston sharafini 4 nafar grossmeyster himoya qilmoqda. Bular - Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va SHamsiddin Vohidov.
SHuningdek, musobaqada hamyurtimiz, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Husan Turdaliev hakam sifatida ishtirok etadi.
Ushbu Jahon chempionatiga saralash bahslarida vakillarimizga omad tilaymiz.
Havola :
Fikrlar