So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 iyu 14:45
Yangiliklar

SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz Minskdagi jahon chempionatida shohsupaga ko'tarildi

Teglar :  SHaxmat
O'zbekistonlik yosh shaxmatchilar Minsk shahrida rapid va blic shaxmat bo'yicha bolalar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida istedod va mahoratini namoyish etib, yuksak g'alabalarga erishdi.


Blic shaxmat bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatining o'n yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida Islombek Sindorov oltin medalni qo'lga kiritdi, Abdulbosit SHarifjonov kumush medalga sazovor bo'ldi.

Islombek Sindorov to'qqiz partiyaning sakkiztasida g'alaba qozonib, 8 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. U rossiyalik Konstantin Kotelnikov, Arseniy CHumak, Vsevolod Timofeev, Patrik Pershin, Tamerlan CHindigir, litvalik Moteus Dudnikas, ukrainalik Igor Nagorniy va jamoadoshi Abdulbosit SHarifjonov ustidan g'alaba qozondi.

CHempionga imkoniyatni boy bergan Abdulbosit SHarifjonov ham to'qqiz imkoniyatdan sakkiz ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ikkinchi o'ringa loyiq topildi. U musobaqa davomida belaruslik Maksim Alenev, Timur Gvozdev, Mixey Naumenka, ukrainalik Mark Tripulskiy, estoniyalik Albert Pedmanson, litvalik Gleb Pidlulniy, rossiyalik Leonid Liscov, vetnamlik Minx Trong Nguenni mag'lubiyatga uchratdi.

Islombek rapid shaxmat bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli qatnashib, ikkinchi o'rinni egalladi. U musobaqada rossiyalik Aleksandr CHerkashin, Sergey Pogorelov, Vsevolod Ponomarev, Tamerlan CHindigir, ukrainalik Oleksiy Popovskiy, Yuriy Xrinovskiy, Kemal Bashirov va vetnamlik Pan Xiem Doanni engib, ushbu bahsda chempion bo'lgan belaruslik Mixey Naumenko bilan bir xil – sakkiz ochko to'pladi va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha kumush medalni qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing