So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

09 apr 18:02
Yangiliklar

SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida 5 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi

Teglar :  SHaxmat
SHri-Lanka davlatining Kalutara shahrida shaxmat bo'yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionatida vakillarimiz ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur nufuzli musobaqada tegishli yosh toifalari bo'yicha O'zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko'rsatgan shaxmatchilarimiz Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Begmuratov va Abdimalik Abdisalimov yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Yoshlarimiz qita birinchiligida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medalni qo'lga kiritishdi.

Bugun, 9 aprel kuni standart yo'nalishi bo'yicha so'nggi 9-tur bahslari o'tkazildi.

10 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida hamyurtimiz Humoyun Bekmuratov 8 ochko jamg'argan holda oltin medalga sazovor bo'ldi. Ushbu yosh toifasida ikkinchi o'rin hindistonlik Mayank CHakrabortiga, uchinchi o'rin esa eronlik Movahed Sinaga nasib etdi. Humoyun ushbu musobaqaning blic bahslarida ham oltin medalni qo'lga kiritdi.

10 yoshgacha qizlar o'rtasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova kumush medalni qo'lga kiritdi. 9-turda Hamdamova eronlik kuchli raqibini qora donalarda engishning uddasidan chiqdi. SHu tariqa, 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan hamyurtimiz kumush medalga ega chiqib, Osiyo vice chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Afruza musobaqaning rapid bahslarida ham kumush medalni qo'lga kiritgan edi.

Kuni kecha O'zbekiston tarixida FIDE ustasi unvonini qo'lga kiritgan eng yosh ayol shaxmatchiga aylangan Umida Omonova 14 yoshgacha qizlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etib, O'zbekiston hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. 9 o'yinda 7 ochko jamg'argan Omonova kuchli raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempionligiga sazovor bo'ldi.

Yana bir hamyurtimiz Abdimalik Abdisalimov ham 18 yoshgacha yigitlar o'rtasida oltin medalni qo'lga kiritdi. Musobaqa davomida barqaror o'yin namoyish etgan Abdisalimov so'nggi turda oq donalarda o'ynab, Hindiston vakilini mag'lub etdi va 7 ochko jamg'ardi. Eng yaqin taqibchisi mezbon shaxmatchini yarim ochkoga ortda qoldirgan hamyurtimiz yakunda Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. Abdimalik musobaqaning rapid turnirida ham oltin medalga sazovor bo'lgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing