26 mar 08:18
Yangiliklar
SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishadi
Joriy yilning 1-10 aprel kunlari SHri-Lanka davlatining Kalutara shahrida shaxmat bo'yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur nufuzli musobaqada tegishli yosh toifalari bo'yicha O'zbekiston chempionatlarida yuqori natija ko'rsatgan shaxmatchilarimiz Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Begmuratov va Abdimalik Abdisalimov yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Malumot uchun, shaxmatning klassik, rapid va tezkor yo'nalishlari bo'yicha Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari shveycarcha tizimda 9 tur natijalariga ko'ra aniqlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar