03 apr 16:44
Yangiliklar
SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz SHri-Lankadagi musobaqada: dastlabki oltin medal bor
2019 yil 1 apreldan 10 aprelga qadar SHri-Lanka mamlakatida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqada yurtimizning o'z yosh toifasidagi eng iqtidorli shaxmatchilari ishtirok etadi:
8 yoshgacha - Olimova Rukiya
10 yoshgacha - Hamdamova Afruza va Begmurodov Xumoyun
14 yoshgacha - Omonova Umida
18 yoshgacha - Abdisalimov Abdimalik
8-18 yoshgacha Osiyo chempionatining rapid musobaqalarida yosh shaxmatchilarimiz dastlabki medallarni qo'lga kiritishdi. 10 yoshgacha qizlar o'rtasidagi musobaqada Hamdamova Afruza kumush, 14 yoshgacha qizlar o'rtasidagi musobaqa Omonova Umida bronza va 18 yoshgacha yigitlar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etgan vakilimiz Abdisalimov Abdimalik birinchi o'rinni egallab, hisobimizga dastlabki oltin medalni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar