So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

31 iyu 16:59
Yangiliklar

SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida 18 medalni qo'lga kiritdi

Teglar :  SHaxmat
Xitoyda shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida yosh sportchilarimiz 8 oltin, 6 kumush va 4 bronza medalni qo'lga kiritib, yigirmadan ziyod davlat terma jamoalari o'rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.

Nufuzli musobaqaning standart shaxmat bo'yicha 11 yoshgacha qizlar o'rtasidagi bahslarida Umida Omonova 8 ochko bilan birinchi o'rinni egallab, Osiyo chempioni bo'ldi. U blic shaxmat bo'yicha o'tkazilgan bahslarda ham 8 ochko bilan oltin medalni qo'lga kiritib, rapid yo'nalishida 5,5 ochko jamg'argan holda kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu yosh toifasidagi o'g'il bolalar bahsida Olmos Rahmatullaev 7,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Rapid va blic yo'nalishlarida esa tengsiz ekanini isbotlab, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Etti yoshgacha qizlar bahsida qatnashgan Afro'zabonu Ro'zimatova 7 ochko bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Uning blic yo'nalishidagi ishtiroki esa g'alaba bilan yakunlandi – 7 ochko va oltin medal. Rapid yo'nalishida 5,5 ochko bilan ikkinchi bo'ldi.

O'n besh yoshgacha qizlar musobaqasida Sitora Saparova standart shaxmat bo'yicha uchinchi o'rinni egalladi. Blic yo'nalishida 9 imkoniyatdan 9 ochko, rapid yo'nalishida etti imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, shohsupaning eng yuqori pog'onasida ko'tarildi.

O'n uch yoshgacha qizlar bahsida yana bir shaxmatchimiz Yuliya Xegay har uch yo'nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkita kumush va bitta bronza medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 9 yoshgacha qizlar o'rtasida Zilola Aktamova blic yo'nalishda 8,5 ochko bilan birinchi, rapid yo'nalishda 5 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.

O'n uch yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Mirfayz Sunnatov blic yo'nalishida 6,5 ochko jamg'arib, chempionatning bronza medali bilan taqdirlandi.

Bayram Aytmurodov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing