30 avg 13:02
Yangiliklar
Yoshlar Olimpiya o'yinlariga asos solgan XOQning sobiq prezidenti dunyodan ko'z yumdi
Jak Rogee 1942 yil Beliyada tug'ilgan. U 1991 yil XOQ azosi, 1998 yil esa xalqaro qo'mitaning Ijrochi direktori lavozimida ishladi. 2001 yil Moskvada bo'lib o'tgan XOQning 112-Sessiyasida mazkur tashkilot prezidenti etib saylangan edi.
Bu inson faoliyati davomida, ayniqsa, dopingga qarshi kurash va yoshlar sportini qo'llab-quvvatlashi bilan yodda qoldi. Aynan uning boshqaruv davrida yoshlar Olimpiya o'yinlariga asos solindi.
XOQning ushbu sobiq rahbari atletlik davri davomida elkanli sport bilan shug'ullangan. Faoliyatida 16 bor Belgiya chempioni, jahon chempioni bo'lib, 3 bor Olimpiya o'yinlarida (1968, 1972, 1976) ishtirok etgan.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bunday yo'qotishdan chuqur qayg'uda ekanini bildirib, marhumning yaqinlariga va butun dunyo Olimpiya oilasiga hamdardlik yo'llaydi.
Fikrlar