25 sen 13:52
Yangiliklar
Yozgi biatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi
Bahslarda Respublikamizning barcha viloyatlaridan biatlonchilar qatnashishdi. Dastlabki kungi sprint bahslarida o'g'il bolalar 4 kilometr masofada, qizlar esa 3 kilometr masofada g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa yakunlariga ko'ra farg'onalik Fayzullo Po'latxo'jaev marraga birinchi bo'lib etib keldi. Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda Samarqand viloyati sportchisi Sevara CHorievaga teng keladigan raqib topilmadi. Taqib poygalari va shaxsiy birinchilik uchun o'tkazilgan bahslarda ham etakchilar o'zgargani yo'q.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati vakillari g'olib bo'lishdi. Andijon va Qashqadaryo jamoasi azolari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar