So’nggi yangiliklar

16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0

08 noy 14:32
Yangiliklar

Kurash

Yozyovonda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi

4-7 noyabr kunlari Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanidagi sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha kattalar hamda 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda Belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvimidagi mazkur O'zbekiston kubogi musobaqalarida mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafardan ziyod polvon ishtirok etdi.

Musobaqada o'smirlardan Alimuhammad Nurmahmatov (Farg'ona), Temur Nematullaev (Namangan), Asiya Turdibekova (Qoraqalpog'iston) singari yosh sportchilar o'z vazn toifalarida oltin medalni qo'lga kiritishdi. 

Kattalar o'rtasida kechgan murosasiz va qiziqarli kurashlarda Jumadulla Isroilov (Toshkent v.), Ilyosbek Yuldoshev (Andijon), Davron Abdurahmonov (Farg'ona), Zeboxon Nosirova (Namangan), Nasiba Akbarova (Farg'ona) kabi polvonlar o'z vazn toifalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, g'oliblikni tantana qilishdi. 

Bellashuvlar so'nggida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing