28 dek 13:25
Yangiliklar
Futbol

Yurgen Klopp Dalglishning rekordini takrorladi
"Liverpul"ning germaniyalik ustozi Yurgen Klopp shotlandiyalik murabbiy Kenni Dalglish rekordini takrorladi.
Bu haqda “Goal.com” xabar qildi. APL 18-turi doirasida “Stok Siti” ustidan uyda qozonilgan g'alaba (4:1)ning 71 daqiqasida Daniel Starrij kiritgan gol “mesisaydliklar”ning Yurgen Klopp boshqaruvida APLdagi 100 goli bo'ldi.
Bu natijaga erishish uchun 48ta o'yin kerak bo'ldi. Bu Dalglish rekordining takrori bo'ldi.
Havola :
Fikrlar