So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

04 iyu 15:22
Yangiliklar

Engil atletika

Yurish marafonida minglab xivaliklar qatnashdi FOTOGALEREYA

Teglar :  MarafonXivaXorazm
Dunyoda bayramlar ko'p va har birining o'ziga xos mazmun va mohiyati bor.

Barchasi insonlar qalbiga shukuhli, quvonchli onlarni tuhfa etadi. Xalqaro Olimpiya kuni  ham sportsevar xalqimiz uchun qadrli ayyom hisoblanadi. 

Ushbu sana munosabati bilan bugun, 4 iyul kuni qadimiy Xiva shahrida yurish marafoni tashkil etildi. 

SHu kuni ertalabdan tadbir bo'lib o'tadigan hudud sport libosidagi insonlar bilan to'lib toshdi.

Ular orasida 7 yoshli bolalardan tortib, 70 yoshgacha bo'lgan otaxon va onaxonlar ham bor edi. Hammasining yuzida tabassum ufurib turibdi. Ularni mushtarak maqsad birlashtirgandi. 

Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan o'ziga xos bayram marafonida qatnashib, sportga xayrixoh ekanliklarini namoyish etishga qaratilgandi.

Nihoyat, belgilangan fursat keldi. Minglab xivaliklar, kasbu koridan, qolaversa, yoshidan qatiy nazar yurish marafonini boshlashdi. Ularga Xiva tumani hokimi Ozod Matyoqubov va Xiva shahar hokimi Sobirjon Jumaniyozovlar yo'lboshchilik qilishdi.

- Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan yurish marafonida qatnashchilar soni kutilganidan ham ziyod bo'ldi, - deydi Xorazm  viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH. Madaminov. - Quvonarlisi shundaki, unda 20 000 nafarga yaqin Xiva shahri va tumanida yashovchi sportsevarlar ishtirok etishdi. Ochig'i, bu bizni nihoyatda quvontirdi. Bundan ko'rinib turibdiki, xalqimizning sportga nisbatan mehri baland, uni juda qadrlaydi. 

Qatnashchilar orasida Xivaning asori-atiqalari va yodgorliklarini tomosha qilishga kelgan mehmonlarning ham borligi xush kayfiyat uyg'otdi.

- Bir necha kun avval ushbu maftunkor shaharga tashrif buyurganmiz, - deydi samarqandlik Munira Mamasolieva. - Bugun ushbu tadbir haqida eshitib qoldik. Farzandlarim Jasmina va Jahongirlar unda qatnashish niyati borligini aytishdi. 

Avvaldan, jismoniy tarbiya va sportga mehr qo'yganimiz bois, fursatni boy berishni istamadik. Vaholanki, bu biz uchun esda qoladigan, fayzli lahzalardan biridir. 

O'z navbatida marafon ishtirokchilari shaharning “Nurullaboy” istirohat bog'idan “Ichan-qala” davlat muzey qo'riqxonasigacha bo'lgan masofani dildan suhbatlar, o'yin-kulgu bilan bosib o'tishdi. Ular karnay va surnaylar sadosi ostida kutib olindi. 

Tadbirning yakuniy qismi shaharning tarixiy memoriy obidalardan biri “Ota darvoza” oldida o'tkazildi.

Unda so'zga chiqqanlar yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, jismonan va manan sog'lom avlodni kamol toptirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtalishdi. O'z navbatida yurish marafoni qatnashchilari ramziy tarzda Olimpiya o'yinlari xalqasini yasaydi. Albatta, bu lahzalar yig'ilganlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Bayram tadbiri musiqiy dastur bilan davom etdi. Takidlash joizki, ushbu tadbirni keng qamrovli yoritish uchun O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ko'plab telekanallari, Xorazm viloyat televideniesi, shuningdek, “S-Ikbol” va “8 TV” xususiy telekanallari hamda boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyat yuritishdi. Mubolag'a emas, bu sport tadbiriga bo'lgan qiziqish, uning nufuzidan darak beradi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xiva shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing