22 may 16:01
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" 2011 yildan beri eng yomon natijasini qayd etdi
"Yuventus" A Seriyada 2010/11 yilgi mavsumdan buyon eng yomon natijasini ko'rsatmoqda.
Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa 2010/11 yilgi mavsumdan buyon ilk marta 78dan kam ochko jamg'ardi. O'sha mavsumda jamoa 58 ochko to'plagan edi. Ushbu mavsumda esa jamoa 57 gol urib, 37 to'p o'tkazib yuborgan holda 38 o'yinda 70 ochko jamg'ardi.
2020/21 yilgi mavsumda esa Andrea Pirlo boshchiligida jamoa 77 gol urib, 38 gol qo'yib yuborgan holda 78 ochko to'plagandi.
Havola :
Manba : OPTA
Fikrlar