31 jan 10:32
Yangiliklar
Futbol

“Yuventus” 23 yil ichidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi
“Yuventus” Italiya kubogi 1/4 finalida “Atalanta”ga (0:3) mag'lub bo'ldi va yarim finalga chiqa olmadi.
Bu “Yuventus” uchun so'nggi 8 yil ichida Italiya klublaridan qabul qilib olingan eng yirik mag'lubiyat bo'ldi. 2011 yilda Turin klubi 0:3 hisobida “Napoli”ga mag'lub bo'lgandi. Italiya kubogida esa “Yuventus” so'nggi 23 yil ichidagi eng yirik mag'lubiyatini tan oldi.
Klub 1996 yildan beri mazkur musobaqada hech kimga 0:3 hisobida yutqazmagan edi. Jamoaning so'nggi yirik mag'lubiyati esa 1996 yil noyabrida “Inter”ga qarshi uchrashuvda (0:3) qayd etilgandi.
Havola :
Fikrlar