11 iyu 09:54
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" Iguainni italiyalik futbolchi bilan almashtiradi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Kezani xarid qilish niyatidan voz kechmagan.
Football-italia.net xabariga ko'ra, "Keksa sinora" mutasaddilari jamoa hujumchisi Gonsalo Iguainni ham bo'lajak shartnomaga qo'shishga tayyorlar. Argentinalik forvardning o'zi Florenciyaga ko'chib o'tishga qarshi emas.
Takidlanishicha, Iguain "rokirovka" amalga oshishi uchun o'z maoshining pasaytirilishiga ham roziligini bildirgan.
Havola :
Fikrlar