25 iyu 10:26
Yangiliklar
Futbol

“Yuventus” Joau Kanseluni 38 mln evroga sotib olmoqda
Turin klubi “Valensiya”ning portugaliyalik futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
“Yuventus” ikki kun ichida o'tgan mavsumni “Inter”da ijarada o'tkazgan “Valensiya” himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma tuzadi. Turinliklar futbolchi uchun 38 mln evro to'laydi. 10-12 mln darhol to'lansa, qolgan mablag' esa 2 yil davomida to'lanadi.
Malumot uchun, 24 yoshli futbolchining o'zi esa klub bilan besh yillik shartnoma tuzadi va yiliga 3 mln evro ishlab topadi.
Havola :
Fikrlar