27 jan 10:14
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi + VIDEO
A Seriya 21-turining markaziy uchrashuvida "Keksa Sinora" Neapolga safar uyushtirdi.
Mazkur bahsda tanqidlar yomg'iri ostida qolayotgan Jennaro Gattuzo shogirdlari muvaffaqiyat qozondi.
Napoli – Yuventus 2:1
"San-Paolo" stadioni
Gollar: 1:0 – 63 Zelinski, 2:0 – 86 Insine, 2:1 – 90 Ronaldu.
Napoli – Meret, Manolas, Di Lorenco, Mariu Ruy, Xyusay, Fabian Ruis, Demme (Lobotka, 69), Insine, Zelinski (Elmaz, 81), Kalexon, Milik (Lorente, 90).
Yuventus – SHchensni, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Kuadrado, Pyanich (Rabo, 50), Bentankur, Matyuidi (Duglas Kosta, 72), Iguain, Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 72).
Ogohlantirishlar: Demme (30), Bentankur (61), Rabo (70), Xyusay (76), Bernardeski (81), de Ligt (85).
TAS-IX
Havola :
Fikrlar