27 iyu 18:05
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" Perin o'rniga SHomurodovni so'ramoqda
"Calciomercato" nashri "Yuventus" va "Jenoa" klublarining muzokaralari borasida malumotlarni taqdim qildi.
"Yuventus"ning ikki nafar futbolchisi Nikolo Rovella hamda Mattia Perin genuyaliklar tarkibida ijara asosida o'ynadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida gaplashib ko'rishgan.
Turin klubi esa Mattia Perinni "Jenoa"ga to'liqligicha berib yuborishi uchun Eldor SHomurodovni so'ragan. Rovella esa katta ehtimol bilan yangi mavsumda "Yuventus" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda SHomurodov A Seriyada 31 o'yinda 8 gol urdi.
Havola :
Fikrlar