15 mar 18:16
Yangiliklar
Futbol

“Yuventus” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Portugaliyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilining iyuliga qadar mo'ljallangan.
As'ning xabar berishicha, turinliklar kelishuvni yana 2 yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Krishtanu bu vaqt 39 yoshda bo'ladi.
Forvard 2018 yil “Real”dan 117 mln evro evaziga A Seriya grandi safiga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsum esa 35 yoshli futbolchi 32 o'yinda maydonga tushib, 25+4 ko'rsatkichga erishdi.
Havola :
Fikrlar