14 okt 15:20
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" sobiq ustozi A Seriyaning boshqa klubida ish boshlashi mumkin
"Milan" va "Yuventus"dagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan murabbiy Massimiliano Allegri A Seriyada ish boshlashi mumkin.
"Il Messaggero" xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassisning xizmatlariga "Lacio" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Rim shahri klubi prezidenti Klaudio Lotito bosh murabbiy Simone Indzagining faoliyatidan mamnun emas.
Oldinroq Allegrining xizmatlariga "Inter" hamda "Roma" klublari qiziqish bildirgandi.
"Lacio" Italiya chempionatining dastlabki 3 turida 4 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda jamoa "Sampdoriya"ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Il Messaggero
Fikrlar