07 may 09:40
Yangiliklar

“Yuventus” so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi, “Napoli”da g'alaba
“Torino”ga qarshi bahsda Allegri shogirdlari o'yinning so'nggi 30 daqiqasini raqibdan bir kishi ko'p bo'lib o'tkazishlariga qaramay so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Uchrashuvning 52-daqiqasida Lyayich Turin derbisida hisobni ochdi. 90-daqiqada “Yuve” hujumchisi Gonsalo Iguain Jo Xart qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi -1:1
Turning yana bir uchrashuvida “Napoli” o'z maydonida “Kalyari”ni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi -3:1.
Italiya chempionati. 35- tur
Yuventus – Torino 1:1 (0:0, 1:1) Gollar: 0:1 – 52 Lyayich, 1:1 – 90 Iguain. Yuventus – Neto, Lixtshtayner, Bonuchchi, Benatiya, Asamoa, Rinkon (Pyanich, 69), Xedira, Kuadrado, Dibala (Aleks Sandro, 80), Sturaro (Iguain, 56), Manjukich. Torino – Xart, Dzappakosta, Rossettini, Moretti, Molinaro, Akkua, Bazelli (Obi, 75), Yago Falke (Iturbe, 83), Lyayich, Boye (Benassi, 63), Belotti. Ogohlantirishlar: Moretti (13), Akkua (38), Molinaro (42), Asamoa (51), Dibala (53), Kuadrado (76). CHetlatish: Akkua (57).
Napoli – Kalyari 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Mertens, 2:0 – 49 Mertens, 3:0 – 67 Insine, 3:1 – 90 Farias.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kirikesh, Gulyam, Zelinski, Jorjino, Gamshik (Rog, 69), Kalexon, Mertens (Milik, 77), Insine (Djakkerini, 79).
Kalyari – Bittenkur, Pizakane, Salamon, Alvesh, Murru (Farago, 71), Isla, Ionice (Joao Pedro, 68), Barella, Padoin, Sau (Farias, 78), Borrello.
Ogohlantirish: Zelinski (55).
Fikrlar