23 okt 19:41
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" Traorening xarididan voz kechdi
Turinning "Yuventus" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Adama Traore bilan shartnoma imzolamadi.
"Keksa sinora" rahbariyati narxi yuqoriligi sabab 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transferidan voz kechdi.
Traorening Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 40 million evroga baholagan.
Hujumchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar