05 fev 18:10
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" yarim himoyachisi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Ernanes agenti Jozef Lining malum qilishicha, braziliyalik faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
"Klublar o'rtasidagi muzokaralar qaysi bosqichda ekanligini bilmayman, ammo ayni damda "Xebey CHayna Forchun" bilan kelishuvimiz yo'q deya olaman.
Ernanes uchun asosiysi - maydonga tushish. Uni CHempionlar ligasi qaydnomasiga kiritmaslik, yaxshi holat emas.
Agar "Yuventus" Xitoy klubi bilan kelishuvga erishsa, bu biz uchun yaxshi variant bo'ladi" - deydi agent.
Havola :
Fikrlar