10 noy 14:22
Yangiliklar
Futbol

Zaaning transferi uchun 95 million to'lashmoqchi
"Kristal Pelas" forvardi Vilfrid Zaa "Everton" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Ko'klar" 28 yoshli ivuarlik futbolchining transferi bo'yicha so'rov yuborishdi, London klubi esa uning transferidan 95 million evro ishlashni xohlayotgani malum bo'ldi.
Mersisaydliklar esa bir o'yinchi uchun mablag'ning katta qismini ishlatib yubormoqchi emaslar, klubda umumiy transferlar uchun 100 million evro bor.
Zaa joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Evening Standard
Fikrlar