03 okt 12:12
Yangiliklar
Paralimpiya

Osiyo rekordini yangilagan Navro'za Axmatova Jahon chempionati sovrindori!
Hindistonda davom etayotgan para engil atletika bo'yicha Jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdik.
Ayollar o'rtasida F41 toifasida o'tkazilgan disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Navro'za Axmatova o'z urinishlari doirasida 28.83 metr natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi. Bu Navro'zaga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.
SHu tariqa, Jahon chempionatidagi umumiy medallarimiz soni 9 taga etdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.
Jahon chempionati. Ayollar o'rtasida disk uloqtirish dasturi (F41)
1. Raua Tlili (Tunis) - 33.81
2. Estefani Xisela Lopes (Ekvador) - 29.81
3. Navro'za Axmatova (O'zbekiston) - 28.83 (Osiyo rekordi)
Havola :
Manba : paralympic,uz
Fikrlar