05 may 07:49
Yangiliklar
Futbol

"Zenit" muddatidan oldin Rossiya chempioni bo'ldi
Rossiya chempionatining 27-turida Moskvaning Lokomotiv klubi safarda Arsenalga mag'lub bo'lgani sababli Zenit muddatidan oldin chempionga aylandi.
Agar chempionat yakunida ochkolar tenglashgan taqdirda ham o'zaro o'yinlardagi natijalardagi ustunlik Sergey Semak shogirdlari tarafida (5:3 va 1:1) bo'ladi.
Qayd etish joizki, «Zenit» mazkur titulni beshinchi bor qo'lga kiritdi. Jamoa ECHLning kelasi mavsumida to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashadi.
Havola :
Fikrlar