19 okt 23:05
Yangiliklar

"Zenit" - "Rostov" o'yinida muxlislar 7 ta gol ko'rishdi, SHomurodov esa...
Turning markaziy o'yinida darvozalarga jami 7 ta gol kiritildi. Piterliklar 58 639 tomoshabin guvohligida o'tgan bahsda "Rostov" ustidan ochiqchasiga "kulishdi". O'yinda "Zenit" 6:1 hisobida g'alaba qozondi. Artyom Dzyuba uchrashuvda xet-trikka erishib, o'z gollari sonini 8 taga etkazib oldi.
Afsuski, "Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov maydonni golsiz tark etdi. Terma jamoamiz hujumchisi boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 77-daqiqada o'z o'rnini Sigurdarsonga bo'shatib berdi. Rostovliklardan yagona golni 83-daqiqada Eremenko penaltidan kiritdi.
"Zenit" – "Rostov" 6:1
"Gazprom Arena"
Gollar: 1:0 – 14, penalti Dzyuba, 2:0 – 20 Dzyuba, 3:0 – 44 Azmun, 4:0 – 61 Karavaev, 5:0 – 80, penalti Dzyuba, 5:1 – 83, penalti Eremenko, 6:1 – 90 Barrios.
"Zenit": Kerjakov, Ivanovich, Duglas Santos, Rakickiy, Karavaev, SHatov (Kuzyaev, 71), Barrios, Ozdoev (Sutormin, 77), Dzyuba, Azmun, Driussi (Eroxin, 85).
"Rostov": Baburin, CHistyakov, CHernov, Xadjikadunich, Kozlov, Normann, Popov (Zaynutdinov, 62), Ionov (Saplinov, 64), Bayramyan, Eremenko, SHomurodov (Sigurdarson, 77).
Ogohlantirishlar: Xajikadunich (12), Ozdoev (17), Eremenko (19), Barrios (56), CHistyakov (78), CHernov (79), Ivanovich (81).
Fikrlar