15 dek 16:16
Yangiliklar
Futbol

Zidan: "Beyl - bizga kerakli futbolchi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikriga ko'ra, yarim himoyachi Garet Beyl jamoaga muhim futbolchi.
"Garet Beylning "Real"dagi roli pasaygan deb hisoblamayman. SHunchaki hozirda barchasi mening qarorlarim bo'lib turibdi. O'tgan o'yinda 3 o'zgarish qildim, biroq Garet maydonga tushmadi. Biroq Garet - bizga kerakli futbolchi. U jamoamizda o'ynaydi va uni hisobdan chiqara olmayman.
Jamoamdagi 25 futbolchining barchasi men uchun muhim. Ularni har doim o'ylayman", - dedi Zidan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar