24 iyu 09:25
Yangiliklar
Zidan JCH-2006 haqidagi xotiralarini esladi
O'sha musobaqa chorak finalida Franciya Braziliyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
"Bu mening Franciya terma jamoasi tarkibidagi eng zo'r o'yinlarimdan biri bo'lgandi. Men jarohat bilan o'ynagandim.
Ispaniyaga qarshi 1/8 final bahsida, jamoamizning uchinchi golini kirita turib, jarohat olgandi. Oyog'imda muammolar bo'lgandi. Bu haqida xech kim bilmagan.
Tibbiy ko'rikka bordim va menga Braziliyaga qarshi o'ynamasligimni aytishdi. Men esa: "Nima? Men Braziliya bilan o'ynamaymanmi?" degandim.
Tibbiyot xodimlari maydonga chiqishim uchun barcha ishni qilishdi. SHundan so'ng men o'ynadim. CHunki buni judayam istagandim.
Har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin edi. Har bir soniyadan zavq olishni istagandim", - dedi Zidan.
Fikrlar