28 iyu 16:27
Yangiliklar
Futbol
Rasman: Zidan - Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi!
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi ishga joylashdi.
54 yoshli mutaxassis Franciya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Bu haqda mamlakat futbol federaciyasining ijtimoiy tarmoqlarida malum qilindi.
Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Jamoa bosh murabbiyi postida Zinedin 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng o'z faoliyatini yakunlagan Dide Deshamning o'rnini egalladi.
SHimoliy Amerikada bo'lib o'tgan o'tgan mundialda Franciya terma jamoasi yarim final bosqichigacha etib borgandi. Finalga bir qadam qolganda “uchranglilar” Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa francuzlar Angliyaga 4:6 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Havola :
Fikrlar