13 jan 11:38
Yangiliklar
Futbol

Zidan o'rtacha har 19 o'yinda sovrin yutmoqda
"Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"dan ustun keldi (0:0, 4:1 pen).
Bu Zinedin Zidan uchun murabbiylik faoliyatidagi 10-sovrin. U "qamoqranglilar" bilan birga 9 ta finalning barchasida g'alaba qozongan. Yani "Real" Zidan qo'l ostida finalga chiqsa, bosh sovrinni begona qilmayapti.
Francuz "Real" bosh murabbiyi sifatida 187 uchrashuv o'tkazdi. Va Zidan qo'l ostidagi "Real" o'rtacha har 19 o'yinda sovrin yutmoqda.
Avvalroq "qirollik klubi" bilan 47 yoshli mutaxassis uch bor CHempionlar Ligasida, bir marotaba Ispaniya chempionatida, mamlakat Superkubogida, ikki bor Evropa Superkubok uchrashuvida va yana ikki marta klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar