26 apr 18:54
Yangiliklar
Futbol

Zinitdinzidan O'zbekistondagi elchixona sovg'asiga sazovor bo'ldi
1979 yilda aviafalokat oqibatida halok bo'lgan Paxtakor futbolchilari - Mixail An, Vladimir Fyodorov va Olim Ashirovlar xotirasiga bag'ishlab Xalqaro turnir o'tkazildi.
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi yoshlar jamoasi safida Zinitdinzidan ismli futbolchi harakat qildi. Bu haqda Pravda Vostoka gazetasiga tayanib, 1news.uz xabar berdi.
Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi turnirning eng yaxshi o'yinchilaridan biri sifatida Zinitdinzidanga maxsus sovg'a taqdim etdi.
Dadam futbolning ashaddiy ishqibozi. Uning kumiri mashhur franciyalik yarim himoyachi Zinedin Zidan bo'lgan. Uning sharafiga atab menga shunday noodatiy ism bergan. Ism menga katta masuliyat yuklaydi. Otamning umidlarini oqlashga harakat qilaman, - dedi 13 yoshli bolakay.
Havola :
Manba : daryo.uz
Fikrlar