12 iyu 12:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Zominda marafon o'tkaziladi
27 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida engil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo'nalishi bo'yicha ochiq birinchilik musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
			O'zbekiston engil atletika federaciyasi, Engil atletika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat engil atletika federaciyasi, Zomin tuman hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqa ommaviyligi bo'yicha keng qamrovli bo'lishi kutilmoqda. Ayni paytda musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tashkilotchilar marafon o'tkaziladigan joylar, sportchi va hakamlarning joylashishi, kiyinish-echinish xonalari va barcha kerakli shart-sharoitlarni tayyorlamoqdalar.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar