08 may 13:20
Yangiliklar
Tennis
Zverev BMW Open turniri bosh mukofotini begona qilmadi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Myunxenda yakunlangan nufuzli turnir g'olibiga aylandi.
20 yoshli tennischi sovrin jamg'armasi 524 867 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida argentinalik Gvido Pelyaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Aleksandr 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Bu Zverev uchun faoliyatidagi ATP toifasiga kiruvchi turnirlardagi uchinchi titul bo'ldi.
Myunxen turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok dunyo reytingida 20-o'rinni egallab turgan olmon tennischisiga 85,945 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar