02 may 09:08
Yangiliklar
Tennis
Zverev o'z vatanidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev Germaniyaning Myunxen shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Germaniyalik 22 yoshli tennis yulduzi ikkinchi davra uchrashuvida argentinalik Xuan Ignasio Londerodan 7/5, 6/1 hisobida ustun keldi. Bu ikki tennischining o'zaro ilk rasmiy uchrashuvi edi.
Aleksandr Zverev BMW Open turnirining chorak finalida chililik Kristian Garin bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar