04 okt 13:52
Yangiliklar
Tennis
Zverev Toshkent “CHellenjer-2018” g'olibiga 4 ta geym berdi
Aleksandr Zverev Pekin shahrida o'tkazilayotgan turnirning 1/8 finalida g'alabaga erishdi.
Germaniyalik tennischi “Toshkent CHellenjer” turnirining amaldagi g'olibi kanadalik Feliks Ojega qarshi bahs olib bordi va raqibini 6/3, 6/1 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, 22 yoshli Zverev dunyoning 6, 19 yoshli Oje esa 20-raketkasi bo'lib turibdi. Endi germaniyalik raketka ustasi China Open turnirining chorak finalida amerikalik Sem Kuerriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar