01 mar 13:07
Yangiliklar
Tennis

Zverevning Meksikadagi yurishi davom etadi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning 1/2 finaliga chiqdi.
Zverev 1/4 final uchrashuvida avstraliyalik Aleks De Minaurdan ustun keldi. Bir soatu 15 daqiqa davom etgan bahs yakunida Aleksandr raqibidan 6/4, 6/4 hisobida ustun keldi.
Endi dunyoning uchinchi raketkasi, 21 yoshli Zverev 13, 20 yashar Minaur esa bittagina eys zarbasini amalga oshirdi. Endi olmoniyalik tennischi Abierto Mexicano TELCEL turnirining final chiptasi uchun britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar