So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

14 jan 20:25
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Teglar :  Vazirlik
O'rganish yakuni bo'yicha to'plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Fuqaro M.D.ning O'zbekiston Respubblikasi Korrupciyaga qarshi kurashish agentligiga sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo'lib yo'llagan murojaati asosida belgilangan tartibda o'rganish o'tkazildi va uning natijalari bo'yicha quyidagilar malum qilinadi.

Murojaatda keltirilgan vajlarni xolis o'rganish maqsadida, vakolatli idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tomonidan sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ayrim mansabdor shaxslari tomonidan bir qator xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.

Jumladan, 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha o'tkazilgan turnir hamda o'quv yig'ini mashg'ulotida  O'zbekiston milliy terma jamoasining ishtirokini taminlash uchun davlat byudjetidan 334,0 mln so'm, 20.680 Evro va 1500 AQSH dollari ajratilgan. Biroq, o'rganishlar davomida ushbu xalqaro tadbirlar uchun sarflangan mablag'larni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi malum bo'ldi.

SHuningdek, 2019 yilda Tokio va Pekin shaharlarida sinxron suzish bo'yicha bo'lib o'tgan xalqaro musobaqalarda ushbu tadbirlarga masullar 1015 AQSH dollari miqdorida ortiqcha xarajatga yo'l qo'ygan.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan 2020 yilda byudjet mablag'lari hisobidan sport jihozlari sotib olish uchun “Mashxim” MCHJ, “Arabboy sport” XK va “Sport jihoz lyuks” XKlari bilan 45 ta holatda 15 mlrd so'mlik shartnomalar tuzilgan. O'rganishda 6 ta shartnoma bo'yicha sotib olingan 2,9 mlrd so'mlik jihozlarning foydalanish uchun tarqatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi.

O'rganish yakuni bo'yicha to'plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish o'tkazilib, natijasi bo'yicha prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksi 167-moddasining 3-qismi, “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Korrupciyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing