So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

01 iyu 08:59
Yangiliklar

Tadbirlar

Konstituciyaning yagona manbai va muallifi - xalqimiz!

Sportni rivojlantirish vazirligida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar muhokamasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ijtimoiy-siyosiy sohadagi o'zgarish hamda yangilanishlar har birimizning turmush tarzimiz, maqsad va intilishlarimiz, hatto qarashlarimizga o'z tasirini o'tkazadi. Xuddi shunday, “O'zbekiston Respublikasining Konstituciyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Konstituciyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasida ishtirok etish fuqarolarning o'z qonuniy huquq va manfaatlari kafolatini mustahkamlash jarayonida bevosita ishtirok etish uchun imkon yaratmoqda. 

Joylarda tashkil etilayotgan “Mening konstituciyam” shiori ostidagi jamoatchilik muhokamasi maydonlari aholining keng qatlami uchun ayni muddao bo'lyapti.

Sportni rivojlantirish vazirligida ham O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar muhokama qilindi. Tashkil etilgan onlayn seminarda Sportni rivojlantirish vazirligi rahbariyati va Markaziy apparati xodimlari, Milliy olimpiya qo'mitasi masullari hamda “ZOOM” platformasi orqali vazirlikning hududiy boshqarmalari, sport talimi muassasalarining rahbarlari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, o'rta hisobda 2 ming nafardan ortiq soha xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, senator Boriy Alixanov ishtirok etib, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o'zgartirishlar va ularning jamiyat hayotiga tasiri to'g'risida maruza qildi.

Mazkur seminarda sport hamjamiyatining takliflari ham inobatga olinganligi hamda barcha sport muassasalarida bu kabi targ'ibot ishlari amalga oshirilishi qayd etildi.

Seminarda takidlanganidek, Konstituciyaviy komissiyaga fuqarolarimizdan bugungacha jami 65 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Muhokamalar jarayoni 5-iyulgacha davom etishini inobatga olsak, bu ko'rsatkich yanada ortishi tabiiy. Fuqarolarimiz tomonidan kelib tushgan takliflarning aksariyati inson, uning hayoti va erkinligi bilan bog'liq bo'lgan, shuningdek, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgani malum qilindi.

SHuningdek, seminarda aholining Konstituciyamizga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha o'z takliflarini moneliksiz yuborishi uchun barcha qulayliklar yaratilganligi ham takidlandi. Buning uchun “Mening Konstituciyam” onlayn platformasi, “Call-markaz”, elektron pochta, Telegram maxsus boti kabi zamonaviy axborot kommunikaciya vositalari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Takidlash lozim, O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga kiritilayotgan o'zgarishlarga sport sohasi vakillari ham o'z takliflarini bildirishmoqda. Zero, asosiy qonunimizda inson va uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini taminlash, “O'zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkam qaror toptirish ustuvor vazifa etib belgilangan. 

Bu esa O'zbekistonda erkin va adolatli fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo etishga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing