So’nggi yangiliklar

08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0

08 apr 08:54
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida davra suhbati bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Vazirlik
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda sport diplomatiyasining ahamiyatiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

2014 yildan beri jahon hamjamiyati 6 aprelni «Tinchlik va taraqqiyot uchun xalqaro sport kuni» sifatida keng nishonlab kelmoqda.

Sport mavjud farqlarga qaramasdan, insonlar va millatlarni birlashtiradigan universal tildir.

Sport yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga, salomatlikni mustahkamlashga va tenglik, o'zaro hurmat va adolat kabi qadriyatlarni targ'ib qilishga xizmat qiladi.

Ushbu sanada sportning inson huquqlarini ro'yobga chiqarishga qanday hissa qo'shishi, mavjud to'siqlarni olib tashlash va jahon miqyosida hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida etibor qaratiladi.

Sport va siyosat, diplomatiya va sport – shubhasiz o'zaro bog'liq tushunchalar, shu bilan birga ular orasida muhim farqlar ham mavjud. Sportning o'ziga xos xususiyati, musobaqa qay darajada bo'lishidan qatiy nazar, sportchining sevimli mashg'ulotidan oladigan zavqidan iborat.

Sport diplomatiyasining rasmiy diplomatiyadan afzalligi shundaki, hech bir davlat elchisi xalqaro darajada g'oliblikka erishgan sportchi yoki terma jamoa singari o'z yurtini tezda dunyoga tanita olmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O'zbekistonda SHanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) Xalq diplomatiyasi markazi tashabbusi hamda vazirlik hamkorligida «6 aprel – Xalqaro sport kuni» munosabati bilan «Sport diplomatiyasi – O'zbekiston tashqi siyosatining samarali vositasi» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Qonunchilik palatasi qo'mita rahbarlari, vazirlik va idoralar vakillari, O'zbekiston sportini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan taniqli sportchi, murabbiy va mutaxassislar ishtirok etdi.

O'zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi raisi Qobiljon Sobirov olib borgan anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov so'zga chiqib, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinayotgani, bunga javoban sportchilarimiz xalqaro arenalarda yorqin g'alabalarga erishib, Vatanimiz nomini ulug'lash, qolaversa millatlararo do'stlik aloqalarini mustahkamlashga o'z hissalarini qo'shib kelishayotganligini takidladi.

Qolaversa, davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisining o'rinbosari Dilorom Toshmuhamedova, Vazirlar Mahkamasining masul xodimi Rashid Tolipov, zamonaviy kurash qoidalari asoschisi, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov, O'zbek jang sanati asoschisi hamda federaciya raisi Po'lat Usmonov, yurtimizning nomdor sportchilari Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, Abdulla Tangriev, taniqli sport sharhlovchilari Mirzahakim To'xtamirzaev, Davron Fayziev va boshqalar so'zga chiqib, xalqaro maydonlarda O'zbekistonning yorqin timsolini namoyon etish, nufuzli sport musobaqalarida mamlakatimiz shanini ulug'lashda sport diplomatiyasining o'rni muhim ekanligiga alohida to'xtalib o'tishdi.

Malumki, 2021 yilda SHHTning 20 yilligi nishonlanadi. SHuningdek, 2021-2022 yillarda SHHTga raislik qilish navbati O'zbekistonga o'tadi. Davra suhbati davomida ushbu sanalar doirasida o'tkazilishi mumkin bo'lgan sport tadbirlari bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. Sportni rivojlantirish va ommalashtirish orqali O'zbekiston nufuzini xorijda yanada oshirish, xorijiy tajribalarni o'rganish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlarni tahlil qilish va mumkin bo'lgan istiqbollar yuzasidan fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing