So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

24 apr 07:32
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Vazir raisligida 2020 yil uchun Respublika taqvim rejasi muhokama qilindi

Videokonferenciyaga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev raislik qildi.

Xabaringiz bor, Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlari 2021 yilga ko'chirildi. SHu munosabat bilan bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan onlayn videokonferenciya tashkil etildi. Unda 70dan ortiq sport mutasaddilari ishtirok etdi. Videokonferenciyaga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev raislik qildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun respublika kalendar rejasini optimallashtirish, qayta ko'rib chiqish to'g'risida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bosh mutaxassisi Akromjon Nizametdinov malumot berdi.

Takidlash joiz, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Olimpiya o'yinlarining bir yil keyinga surilishi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun Respublika kalendar rejasiga o'zgartirish kiritilishini taqozo etardi. Videokonferenciya paytida ushbu masala atroflicha muhokama qilindi. Sport federaciyalari va associaciyalari vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Respublika kalendar rejasi optimallashtiriladigan bo'ldi.

SHuningdek, videokonferenciyada terma jamoa sportchilarining energiya zaxirasini qoplashga yo'naltirilgan moliyaviy mablag'larning samarali ishlatilishi, shuningdek 

2022 yil 22 oktyabr – 9 noyabr kunlari Dakar (Senegal) shahrida bo'lib o'tadigan IV o'smirlar Olimpiya o'yinlari hamda 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari Xanchou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning borishi to'g'risida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Muzaffarxo'ja Raxmatxo'jaevning hisoboti tinglandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov esa XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlari 2021 yilga ko'chirilganligi munosabati bilan sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarga murojaat yo'lladi.

Yana bir masala: karantin davrida sportchilar uy sharoitida shug'ullanmoqda va oila davrasida oziq-ovqat istemol qilishmoqda. Biroq, bu vaziyat karantindan keyin sportchilar doping nazoratidan o'tmasligini anglatmaydi, aksincha, talablar yanada jiddiylashadi. SHu bois videokonferenciyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodir Tursunov ham sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari azolariga anti doping masalalari bo'yicha murojaat bilan chiqish qildi va barchani doping talablariga jiddiy amal qilishga chaqirdi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, garchi Olimpiya o'yinlari bir yilga kechiktirilgan bo'lsa-da, mashg'ulotlar bir zumga to'xtagani yo'q. Zero, bir kunlik mashg'ulotlarning qo'yib yuborilishi uzoq yillik mehnatlarni sarobga aylantiradi. Faqat buni sportchi va trenerlar to'g'ri anglagan holda mashg'ulotlarga har qachongidan masuliyat bilan yondashsa bas, albatta ko'zlangan maqsadlarga erishamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing