08 avg 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jalolov hozirgi kunda professional boksdagi har qanday raqibni engishga qodir" - menejer
Bokschimiz Bahodir Jalolovning menejerlaridan biri Alik Frolov Viktor Yalimov boks studiyasi YouTube kanalida bokschimiz haqidagi fikrlarini bildirdi.
— Jalolov hozirgi kunda professional boksdagi har qanday raqibni engishga qodir — superog'ir vazndagi barcha raqiblarni. Biz uning havaskor boksdagi darajasini yaxshi bilamiz, endi u shu darajani professional ringda ham isbotlashi kerak. Unda buning uchun etarli sifatlar bor: u ikki qo'li bilan kuchli zarba beradi, bo'yi 2,01 metr, u tabiiy superog'ir vaznli — tez, "portlovchi" va harakatchan. Hozir u to'liq professionalga aylanishi uchun zarur bo'lgan jihatlar ustida ishlayapti", - dedi Frolov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar