07 avg 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Polshalik bokschi Jalolovni og'ir vaznning yangi istiqboli sifatida tarifladi
Prof boksning super og'ir vazn toifasidagi polshalik bokschi Kamil Sokolovski o'zi jang qilgan raqiblari haqida gapirdi.
Jalolov va Sokolovski 2022 yilda Dubayda to'qnash kelib, o'shanda Bahodir muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
"Raqiblarim ichida kim eng zo'r edi? Jalolov. U ajoyib harakatlar, yaxshi mahorat va kuchli zarbaga ega edi. U meni hayratda qoldirgan birinchi bokschi edi. Men buni birinchi marta u bilan jangda his qildim. U juda xavfli. O'ylaymanki, agarda to'g'ri promouter bo'lsa, Jalolov divizionni qo'lga olishi mumkin. Martin Bakole va Dillian Uayt katta va kuchli raqiblar edi, lekin Jalolov raqiblarim orasidagi eng zo'ri", deydi Sokolovski.
Havola :
Manba : boxingnews24.com
Fikrlar