So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

07 avg 14:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo'lishi mumkinligi aytildi

Bahodir Jalolovning menejeri Alik Frolov mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

— Bu jang o'tkazilishi mumkinmi? Nazariy jihatdan hozir har qanday jang mumkin. Agar Turki ash SHayx shunday jangni xohlasa, u albatta bo'ladi. U Itauma bilan jang haqida gapirgandi — bu jang tashkil etilsa men hayron qolmayman. U shunchaki: "Mana shu jangni xohlayman", deydi — va u amalga oshadi. 

Hozirda Baxa davogarlar qatorida emas, shuning uchun buni muhokama qilish hozircha o'rinsiz. Lekin, albatta, bu ajoyib jang bo'lardi. Nazariy jihatdan — mumkin. Amalda esa — hozircha buning vaqti emas. Agar Bahodir ikki-uch nafar kuchli raqibga qarshi jang qilib, yuqori darajaga chiqsa va Aleksandr ham o'sha vaqtgacha ringda bo'lsa... CHunki u hammasini isbotladi, u ertagayoq "xayr" deyishi mumkin. Va biz uning janglarini sog'inamiz.

Agar Jalolovda hammasi yaxshi bo'lsa, bir jang o'tkazadi, keyin yana bir taniqli raqibga — masalan, CHisoraga qarshi jang qiladi. Qandaydir mintaqaviy kamarni himoya qiladi va TOP-5 qatoriga kiradi — unda bu jangni osonlikcha uyushtirish mumkin bo'ladi. Biz rozimiz, har qanday yo'nalishda harakat qilishga tayyormiz. Maqsadimiz — chempionlik janglarga yaqinlashish. Bu jarayon tez sodir bo'ladi. Bir yil ichida istalgan raqibga chiqish mumkin. Faqat doimiy rivojlanish kerak. Menimcha, bir yil ichida u nomzodlar orasida bo'ladi", — dedi Frolov.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 avg 19:08:54
CHELSEA2211
Sen umringda oʻtkazib yuraverasan, mushokklar bilan urishib...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing